Buyuk Britaniyaning “Acumen Education” va “MBU Capital” investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘ini tashkil etish hamda ta’limga investitsiyalar kiritish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 23-yanvar kuni Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov hamrohligidagi MBU Capital kompaniyasi ijrochi direktori, investitsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Iqbol Muhammad hamda Acumen Education direktori Mark Labovich va boshqa vakillari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar bilan institut rektori I.M.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupovlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Britaniya kompaniyalari vakillari bilan hamkorlikda boshlang‘ich, umumta’lim maktablari hamda oliy ta’limda faoliyat ko‘rsatayotgan ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, hamkorlikda institut bazasida Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlari filiallarini ochish, masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov, delegatsiya a’zolari va institut talabalari o’rtasida davra suhbati tashkil etildi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




