Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-yilning 6-fevral kuni institutning iqtidorli talabalari o‘rtasida “Innovatsion loyihalar” taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.Turobov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘yicha uslubchi B.Nurmuhammedov, institut matbuot kotibi A.Abduraimov, yoshlar yetakchisi E.Raxmatov hamda 30 dan ortiq iqtidorli talabalar jamoasi ishtirok etishdi. Bunda barcha iqtidorli talabalar o‘zlarining yaratgan dasturlari va loyihalarining taqdimotlarini naomoyish etishdilar. Faol ishtirok etgan har bir talaba turli xil nominatsiyalarda taqdirlanishdilar.

Share:
2019-02-07 16:10:00 87