Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 2019-yil 12-fevral kuni litsey faollar zalida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag‘ishlab “Ulug‘ allomaga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda adabiyotshunoslar, institut professor-o‘qituvchilari, litsey o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni direktor o‘rinbosari A.Qodirov ochib berdi va shoir ijodining jahonda o‘rganilishi haqida ma’lumotlar berdi, shoir asarlari har bir inson kamolotida muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida litsey talabalari tomonidan tayyorlangan milliy raqslar, g‘azal va ruboiylar, sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




