O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi “O‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 864-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash hamda “Universiada – 2019” sport musobaqasiga saralab olingan talabalarning mahoratini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida SamDChTI Spartakiadasi boshlandi.

Joriy yilning 10-fevral kuni Shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 1-o‘rinni Ingliz tili fakulteti, 2-o‘rinni Roman-german tillari fakulteti, 3-o‘rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti egallashdilar.

12-fevral kuni Stol tennis musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ingliz tili fakulteti 1-o‘ringa, Tarjima nazariyasi va amaliyoti 2-o‘ringa, Roman-german tillari fakulteti 3-o‘ringa munosib deb topildilar.

13-fevral kuni Valeybol musobaqasi yigitlar o‘rtasida va qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Yigitlar o‘rtasida 1-o‘ringa Ingliz tili fakulteti, 2-o‘ringa Roman-german tillari fakulteti, 3-o‘ringa Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, qizlar o‘rtasida 1-o‘rin Roman-german tillari fakulteti, 2-o‘rin Ingliz tili fakulteti, 3-o‘ringa Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti munosib deb topildi.

Share:
2019-02-14 08:25:00 87