Joriy yilning 18-fevralida AQSHning Vebster universiteti chet tili fakulteti dekani D.Kayzer va professor Liza Mannlar Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi va mavjud aloqalarni mustahkamlash hamda institut bazasida Vebster universiteti TESL dasturi bo’yicha Magistratura mutaxassisligini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar hamda institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i O.Yusupovlar o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida joriy yilning sentabr oyidan boshlab Samarqandda Vebster universiteti bilan hamkorlikda TESL dasturi bo’yicha Magistratura mutaxassisligini tashkil qilish bo’yicha o’quv-uslubiy, adabiyotlar, darsliklar, professor-o’qituvchilarni ishga qabul qilish hamda talabalarni qabul qilish tartibi kabi masalalar yuzasidan fikr almashinildi.
Shuningdek, Vebster universiteti vakillari ikki kun davomida institutda ochilishi rejalashtirilgan filialda faoliyat olib borish uchun ariza topshirgan professor-o’qituvchilar bilan suhbat o’tkazishdi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




