Joriy yilning 21-fevral kuni Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti rektori professor I.R.Lazarenko ta’lim, fan va ilmiy tadqiqot sohalari doirasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

Institut rektori I.Tuxtasinov, prorektor F.Ro‘ziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov hamda Altay davlat pedagogika universiteti rektori professor I.Lazarenkolar o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari o’rtasida ta’lim, fan, madaniyat va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida anglashuv Memorandumi imzolandi. Shuningdek, kelgusida ta’lim sohasi uchun xalqaro standartlar talablariga javob beradigan, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti bazasida Altay davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda rus tili va adabiyoti yo‘nalishini ochish, hamkorlikda qo’shma konferensiyalar tashkil etish borasida muzokaralar olib borildi.

Rasmiy uchrashuvdan so’ng Professor I.R.Lazarenko va institutning Pedagogika va psixologiya hamda Til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedralari a’zolari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida ilmiy maqolalar almashish, rus tili, pedagogika sohalari o‘qituvchilarining malakasini oshirishga kelishildi.

Share:
2019-02-21 15:00:00 87