Samarqand davlat chet tillar institutiga 2019-yilning 25-fevralida Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi ofisi direktori Son Song Il tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida koreyalik mehmon Son Song Il hamda institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida institut rektori SamDChTI faoliyati, o‘quv jarayoni, mavjud fakultetlar, jumladan, Koreya OTMlari bilan yaqindan hamkorlikda ish olib borayotganligi to‘g‘risida batafsil tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, ushbu yo‘nalish bo‘yicha koreys tili o‘qituvchilarini institutga jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.
2019-02-25 15:00:00
84
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain



