2019-yil 12-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Sport – sog‘lik garovidir” shiori ostida fakultet futbol kubogi boshlangan bo‘lib, unda “Tarjimon 1”, “Tarjimon 2”, “Xitoy”, “Yapon”, “Koreys 1”, “Koreys 2”, “Arab” kabi jamoalar ishtirok etishdi. 13-mart kuni fakultet futbol o‘yinlari yakun topdi. Shuningdek, uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan jamoa “Koreys 1”, ikkinchi o‘rinni “Xitoy” jamoasi egallashdilar. Nihoyat kuchlilar ichida eng kuchlisi bo‘lib, birinchi o‘rinni olgan jamoa “Koreys 2” jamoasidir. Jamoalarni kelgusida bundan-da yuksak marralarni zabt etishi uchun omad tilaymiz.

Share:
2019-03-14 13:45:00 81