Ingliz tili-II fakultetining Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi qoshida “Guide-Interpreters Training Club” to‘garagi o‘z faoliyatini boshladi. Ma'lumki, hozirgi vaqtda iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri hisoblangan turizm sohasiga e’tibor kuchayib bormoqda. Mamlakatimiz sayyohlik sohasida ulkan salohiyatga ega. O‘z navbatida turizmning rivojlanishi Samarqandda sayyohlarga zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohasidagi qator kamchiliklar va muammolar yuzaga keltirmoqda.

Mazkur to‘garakning asosiy maqsadi tilni mukammal egallagan talabalarni saralab olib, ularni sayyohlarga xizmat ko'rsatish uchun sifatli tayyorlash, Samarqand tarixini, diplomatik muomala madaniyatini puxta egallashlari, zamonaviy va tarixiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlari uchun tavsiyalar berishdan iborat.

“Guide-Interpreters Training Club” to‘garagiga Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri L.Abdullayeva hamda J.Nasrullayevlar rahbarlik qilmoqda. To‘garakka barcha qiziquvchi talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Share:
2019-03-18 09:40:00 87