Sog‘inchlardan yasay sizga guldasta, 
Guldastaga qilib qalbim payvasta. 
Olislardan turib deyman men asta, 
Navro‘zi ayyom muborak bo‘lsin!

    Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida 2019-yil 18-mart kuni umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan “Navro‘z – bahor kelinchagi” shiori ostida tantanali katta tadbir nishonlandi. Bayram dasturini institut rektori I.Tuxtasinov ochib berib, barchani Navro‘z bayrami bilan chin dildan tabrikladi hamda kelgusidagi o‘qish va ishlarda omadlar tiladi.
    Bayram dasturi davomida institut tarixida ilk bor talabalar o‘rtasida “Osh musobaqasi” tashkil etildi. Musobaqada beshta yo‘nalishdan oshpaz talaba yigitlar ishtirok etishdi. Bular  tarjima nazariyasi va amaliyoti, koreys tili yo‘nalishi, xitoy tili yo‘nalishi, arab tili yo‘nalishi, yapon tili yo‘nalishlaridir. “Osh musobaqasi”da “Eng yaxshi oshpaz” nominatsiyasini tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi talabalari A.Donaboyev va yordamchi oshpaz J.Usmonovlar qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, fakultet dekani B.Odilov, dekan o‘rinbosarlari Y.Azzamov va U.Xusanov hamda fakultet o‘qituvchilari jamoaviy birgalikda barcha guruhlarni Navro‘z ayyomi bilan chin ko‘ngildan tabrikladilar.

    Bayram munosabati bilan yigitlar o‘rtasida sportning tosh ko‘tarish, arqon tortishish, armrestling kabi turlaridan musobaqa o‘tkazildi. Shuningdek, sahnada fakultet talabalari tomonidan tashkil etilgan qo‘shiqlar, raqslar hamda musiqalar ijro etildi. Bayram ko‘tarinki ruhda, xarsandchilik kayfiyatda juda keng nishonlandi.

 

Share:
2019-03-18 16:10:00 87