Samarqand davlat chet tillar instituti viloyatdagi tashkilotlar va korxonalar bilan turli sohalarda hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Tashkilot va korxonalarning ishchi xodimlari uchun qisqa va uzoq muddatli xorijiy tillar bo‘yicha kurslari tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, Samarqand viloyat IIB xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha boshqarmasi xodimlari uchun xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida ingliz tili o‘quv kurslari tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kurslar Ingliz tili-II fakultetining Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi hamda Ingliz tilining integrallashgan kursi kafedralarining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan innovatsion va interfaol usullardan foydalangan holda olib borilmoqda.
IIB xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining chet tillarni bilishi Samarqand shahriga xorijdan kelgan sayyohlarga ko‘mak berish va ular bilan zaruriy mavzularda muloqot qilishda muhim ahamiyatga ega.
2019-03-19 07:55:00
86
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





