Samarqand davlat chet tillar institutida tashabbuskor yoshlardan iborat bo‘lgan xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Yоsh tilshunoslar” klubi tashkil etilgan. 2019-yil 19-martda “Yоsh tilshunoslar” klubining navbatdagi darsi bo‘lib o‘tdi. Dars savol-javoblarga boy hamda qiziqarli tarzda olib borildi.  Klub faoliyati yuzasidan Nizom ishlab chiqilib, institutning yetakchi professor-o‘qituvchilarini klubga jalb qilish asnosida klub faoliyatini rivojlantirib borish ko‘zda tutildi. Barcha qiziquvchi talaba yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Share:
2019-03-19 17:15:00 87