Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning “Zij”i bo‘lib, bu asar “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” deb ham ataladi. “Zij”dan tashqari uning matematik asari “Risolayi Ulug‘bek” va tarixga doir “Tarixi arba ulus” asarlaridir.
Joriy yilning 22-mart kuni Samarqand shahrida qad ko‘targan Mirzo Ulug‘bek haykali poyiga tavallud ayyomining 625 yilligi munosabati bilan gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Marosimda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi faol ishtirok etishdi va unda institut prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda faol va iqtidorli talabalar qatnashdilar.

Share:
2019-03-25 14:25:00 85