“YUNESKO – Xamdan bin Rashid Al-Maktum” mukofotiga tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz. Tanlovning asosiy maqsadi – rivojlanayotgan davlatlarning ta’lim tizimi o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalarini qo‘llab quvvatlashdan iborat. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
—tavsiyanoma – tavsiya etilayotgan tashkilot tomonidan to‘ldiriladi;
—ariza – nomzod tomonidan to‘ldiriladi;
—qo‘shimcha hujjatlar (fotosurat nashrlar va hakozolar);
Hujjatlarning elektron shakli https://en.unesco.org/teachers/Hamdan-prize saytida joylashtirilgan. Tanlovga hujjatlar 2019-yilning 8-sentabr kuniga qadar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: 267-05-42, 267-05-61 YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.
2019-04-15 18:30:00
87
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain
