Joriy yilning 17-aprel kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Pekin Jismoniy Madaniyat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalaridan iborat jang san’ati guruhi  ishtirokidagi mehmonlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Pekin Jismoniy Madaniyat universiteti tashabbusida “Taiji Kunfu afsonasi” mavzusida tantanali katta tadbir tashkil etildi.
       Tadbir davomida “Taiji Kunfu afsonasi” mavzusidagi spektakl, shuningdek, Jismoniy Madaniyat universiteti jang san’ati guruhi tomonidan tayyorlangan turli xildagi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
        SamDChTI rektori I.Tuxtasinov hamda Konfutsiy instituti direktorlari Sh.Safarov janoblari va  Zang Ying xonimlarga tadbirimizni tashkil etishda yaqindan yordam berganliklari uchun cheksiz tashakkurimizni bildiramiz deb, o‘z fikrlarini bildirishdi Jismoniy Madaniyat universiteti vakillari. Shu jumladan, institut qoshida tashkil etilgan Konfutsiy instituti va unda yaratilgan imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishishdi.

Share:
2019-04-18 13:10:00 78