Teatr deganda, avvalambor, san’atning kattakon bir turini tushunamiz. Hech bir san’at teatr o‘rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to‘p iste’dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo‘ladi. Sahna asarining ta’siri juda kuchli.

Samarqand viloyat OTMlari o‘rtasida talabalar teatr studiyasi festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda Samarqand davlat chet tillar instituti “San’at gulshani” nomli teatr studiyasi jamoasi ham faol ishtirok etib, “Julqunboy” nomli biografik sahna asarini nomayish etishdi va jamoalar ichidan “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasini qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

Share:
2019-04-18 17:05:00 74