Samarqand davlat chet tillar institutiga Buyuk Britaniyaning Brooke House College ta’lim muassasasi direktori Rachel A Caine xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida rasmiy uchrashuv tashkil etilib, kelgusida ilm-fan, o‘quv dasturlari almashish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek, institut akademik litseyi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi hamda ikki ta’lim muassasalari o‘rtasida Hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hamkorlik o‘z ichiga zamonaviy ta’lim metodlari almashinuvi, hamkorlikda seminarlar tashkil etish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashda yaqindan ko‘maklashish, o‘quv-metodik tajriba va ma’lumotlar almashish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Mehmonlar institut akademik litseyiga ham tashrif buyurib, litsey faoliyati va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





