Samarqand davlat chet tillar institutiga Panjikent davlat pedagogika instituti vakillari tashrif buyurishdi. Vaholanki, Samarqand davlat chet tillar instituti vakillari ham bir necha kun avval Panjikent davlat pedagogika institutining mehmoni bo‘lganligini ta’kidlab o‘tamiz. Ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatiliganligi ahamiyatga molikdir. 
Tashriflar davomida OTMlari jismoniy tarbiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida xalqaro do‘stona sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalarda talabalar sportning futbol, shaxmat, valeybol, armresling turlari bo‘yicha bellashdilar.

Share:
2019-04-28 16:25:00 83