O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 15-martdagi 87-02-884-sonli xati hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Qo‘shma qaroriga binoan «Tafakkur sinovlari» respublika tanlovining saralash bosqichi Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazildi. 
       Saralash bosqichida Samarqand davlat universitetining “Ulug‘bek vorislari”, Samarqand davlat chet tillar institutining “Yuksalish”, Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining “Bunyodkor”, Samarqand davlat vetenariya meditsinasi institutining “Mezon”, Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutining “Adolat”, Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining “Afrosiyob”, Samarqand davlat tibbiyot institutining “O‘zbekiston yoshlari”, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “Dasturchilar” jamoalari ishtirok etdi.
        Jamoalarning belgilangan 4 ta shart bo‘yicha chiqishlari Hakamlar hay’ati tomonidan Nizomda belgilangan baholash mezonlari asosida baholandi. Samarqand viloyati oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilgan   saralash bosqichida Samarqand davlat universitetining “Ulug‘bek vorislari” jamoasi 1-o‘rinni, Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining “Bunyodkor” jamoasi 2-o‘rinni, Samarqand davlat chet tillar institutinin “Yuksalish” jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Jamoalar  tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Share:
2019-04-28 16:30:00 84