Kitob orqali e’tiborni bildirish nafaqat ehtirom belgisi, balki ma’naviyat va ma’rifatni ulashish hamdir. Prezidentimizning taklif va chorlovlari bilan boshlangan ma’rifat tarqatishning o‘ziga xos ta’sirchan va samarali usuli kitob sovg‘a qilish xayrli harakati ommaviy kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida katta ahamiyat kasb etayotgani rost. 
      O‘zingiz ta’lim olgan maktabga borib, kitoblar taqdim etish zavqli, qolaversa, bu ma’rifat ulashishning muhim mexanizmi. Maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilar sizdan o‘rnak oladi, sizdek bo‘lishga intiladi. Bu siz taqdim etgan kitobni qo‘lga olganlari zahotiyoq ularda tug‘iladigan ilk taassurotdir.
       Samarqand shahri 43-sonli Lucien Kehren nomidagi fransuz tiliga ixtitsoslashtirilgan maktabga Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar yetakchisi Erali Raxmatov 15 dan ortiq badiiy kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. Shuningdek, fransuz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchsi Dilfuza Ataullayeva  ham kafedra nomidan 20 dan ortiq fransuz tili fanini o‘rgatishga doir kitoblarni taqdim etdi. Sovg‘a qilingan kitoblar  uchun maktab ma’muriyati o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi Asilbek Abduraimov

Share:
2019-04-30 14:30:00 85