Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I, Ingliz tili-II fakultetlari 2-bosqich talabalarining 1-maydan 8-iyunga qadar o‘tkaziladigan malakaviy amaliyoti yuzasidan 2019-yil 1-may kuni ochilish konferensiyasi tashkil etildi.
Konferensiya davomida institut rektori I.M.Tuxtasinov malakaviy amaliyot yuzasidan ba’zi tavsiya va ko‘rsatmalar haqida so‘zlab o‘tdi. Shuningdek, talabalar o‘zlariga biriktirilgan amaliyot rahbarlaridan amaliyot o‘taydigan ta’lim muassasalari to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lib, amaliyot davrida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha malakaviy pedagogik amaliyotga doir hujjatlar rasmiylashtirilishi, amaliyot portfoliosini qanday tartibda shakllantirishi bilan bir qatorda amaliyot o‘tash tartiblari bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda amaliyot o‘tash yuzasidan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar olishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





