Dastlab fakultetlarda pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan konferensiyalar tashkil etildi. Shundan so‘ng talabalar o‘zlariga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagogik amaliyotni o‘tash uchun borishdi. Unda talabalar maktabning tashkiliy tuzilmasi, maktab rahbariyati, jamoasi, o‘qituvchi va sinf rahbarlarining ish rejasi, fan bo‘yicha kalendar rejasi, dars ishlanmalari, sinf jurnallari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tanishdilar.
Bir necha kun davomida Ingliz tili-I hamda Ingliz tili-II fakultetining 1-bosqich talabalarining pedagogik amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobotlari qabul qilina boshlandi.
Talabalar pedagogik amaliyot davrida kuzatgan darslari tahlili, o‘tilgan darslar hisoboti, dars jarayonida qo‘llagan pedagogik va innovatsion metodlar va shu kabilar bo‘yicha bajargan ishlari yuzasidan ingliz tilida hisobot berishmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch



