O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan boshlangan ushbu xayrli aksiya Samarqand davlat chet tillar institutida davom etmoqda. Ushbu aksiyada institutimiz pedagog-xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o‘qituvchilari, Roman-german tillari fakulteti jamoasi tashabbusi bilan Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 14-umumta’lim maktabiga 50dan ziyod o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari hamda zamonaviy chet tili darsliklarini sovg‘a qilishdi.
SamDChTI til nazariyasi va adabiyotshunoslik dots. B.Turobov, Roman-german tillari fakulteti dekan o‘rinbosari U. Sattarov va o‘qituvchi F. Ibodullaevlar ta'lim maskanida o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularga insonning ma’naviy kamolotida kitobning tutgan o‘rni, kitob bilan do‘st tutingan o‘quvchi doimo yuqori natijalarga erishishi ta’kidlab o‘tdilar va ularga doimo kitob bilan hamroh bo‘lib yurishni tavsiya etdilar.
Shuningdek, institutimizning fakultetlari, ularda o‘rgatilayotgan tillar va markazlar bilan tanishtirishdilar. Chet tiliga qiziquvchi o‘quvchilarning savollariga javob berishdilar.
2019-05-22 19:00:00
84
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain



