23 may kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Rossiya Federatsiyasining Altay davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani professor Brinev Konstantin Ivanovich hamda pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Korolkova Yulia Aleksandrovalar tashrif buyurishdi.
Mehmonlar bilan institut o`quv ishlari bo`yicha prorektor F.Sh.Ro`ziqulov, Ilmiy ishlar va innovatsiya ishlari bo`yicha prorektor Sh.S.Ashurov Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Y.Yusupov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.N.Berdialiyevlar ishtirokida rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi.
Jumladan, ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida filologiya va tillarni o`qitish: ingliz va rus tillari yo`nalishi bo`yicha bakalavriat bosqichida “3+1” shaklida qo`shma dasturni amalga oshirish bo’yicha muzokara o’tkazildi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain
