CLASS Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP loyihasi bo‘yicha Samarqand davlat chet tillar institutidan 3 nafar o‘qituvchilaridan Zafar Ashurov, Akram Shermatov hamda Faxriddin Bakievlar ayni paytda Polsha Respublikasining Poznan shahridagi Adam Miskevich nomidagi Universitetidagi informatika va komputer texnologiyalari fakultetida NLP dasturlarini yaratish metodologiyalarini ishlab chiqish va ularni shakllantirish bo‘yicha seminar treninglarda ishtirok etishmoqda. Loyiha bo‘yicha seminar-treninglar 2019 yil 17-29 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtrilgan. Seminar ishtirokchilariga mazkur fakultetning NLP kafedrasining etakchi professor-o‘qituvchilari Wordnet leksik ma’lumotlar bazasi sifatida, Mashina tarjimasi, e-learning va informatsion tizimlarda ontologiyalarning qo‘llanilishi, ASR da xatolarni to‘g‘rilash, badiiy adabiyotlarni tahlil qilishda tabiiy til tarjima jarayonlari texnikalarini qo‘llash, akustik fonetikaga kirish, ko‘p tilli lug‘atlar va ularga tegishli ma’lumotlar bazasi, matnni tahrir qilish jarayonlarida Linux dasturlaridan foydalanish kabi mavzularda dars mashg‘ulotlarini olib borilmoqda.

Share:
2019-05-27 12:00:00 88