Bugun 1-iyun. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Mana shu munosabat bilan Samarqand shahrida ommaviy marafon tadbiri o‘tkazildi. Marafonda shahardagi barcha OTMlari professor-o‘qituvchilar va talabalari, shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdilar.
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagog jamoasi hamda talabalar jamoasi ham faol ravishda qatnashishdilar. Omma tong sahar 6 00 da Hamid Olimjon nomidagi musiqali dramma teatri yonidan boshlab “Dinamo” sport majmuasiga qadar marafonni davom etkazishdi va sport majmuasiga borgach jamoaviy badantarbiya mashqlarini bajarishdi.
Tadbir so‘ngida sanatkorlar tomonidan turli hil musiqa va qo‘shiqlar ijro etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





