Joriy yilning 28-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim faxriylaridan hisoblangan L.M.Axmetzyanov ishtirokidagi Kursk xalq ansambli vakillari tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor F.Sh.Ro‘ziqulov hamda Roman-german tillar fakulteti Ilmiy ishlari bo‘yicha dekan dekan o‘rinbosari O‘.F.Burxonovlar kutib olishdi hamda ular o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
L.M.Axmetzyanov boshchiligidagi Kursk xalq ansambli xorijiy tillarni, jumladan, nemis tilini o‘rganishda vokal asarlaridan foydalanish “leksiya-konsert” shaklida talabalar uchun ma’ruza-konsert dasturini tashkil etishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






