Ta’tilga chiqqan institut talabalarini 2 oy davomida oylik ish bilan ta’minlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 3-iyul kunida Samarqand davlat chet tillar institutida rektor I.M.Tuxtasinov tashabbusida "Obod oliy ta'lim muassasasi" shiori ostida "Bunyodkor yoshlar otryadi" tashkil etildi.
Mana bugun iyul oyining 4-kuni. G‘ayrat va shijoat bilan samarali mehnat qilayotgan otryad a’zolari mehnat faoliyatining ikkinchi kunini ham o‘tkazishdi. Mazkur yoshlar otryadi televideniya xodimlarining ham e’tiborini tortgan, shekilli, institutimizga kelib, o‘zlarini qiziqtirgan "Bunyodkor yoshlar otryadi" to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi bilan birgalikda otryad a’zolariga kuch-quvvat, bardamlik tilagan holda qo‘llab turamiz.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






