Magistratura ta’lim bosqichiga o‘qishga kiruvchi abituriyentlar uchun ham hujjatlarni qabul qilish jarayoni yakuniga yetdi. 
      “Samarqand davlat chet tillar institutida magistratura mutaxassisligida 12 ta ta’lim yo‘nalishlari mavjud. 2019-yilning 30-iyul kuni kechki soat  21:40 gacha bo’lgan muddatda institutimiz magistratura mutaxassisligiga jami bo‘lib 321 nafar abituriyentdan hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliga – 113 nafar, lingvistika: ingliz tiliga – 96 nafar, lingvistika: nemis tiliga – 12 nafar, lingvistika: fransuz tiliga – 21 nafar, lingvistika: xitoy tiliga – 5 nafar, lingvistika: koreys tiliga – 11 nafar, lingvistika: ispan tiliga – 6 nafar, lingvistika: italiyan tiliga – 12 nafar, qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) ga – 13 nafar, qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (yapon tili) ga – 6 nafar, qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (arab tili) ga – 11 nafar, sinxron tarjima (ingliz tili) magistratura ta’lim yo‘nalishiga – 15 nafar  abituriyentlar hujjatlarini topshirishdi. Bundan tashqari bizda xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda qo‘sma ta’lim dasturlari asosida bakalavr bosqichida 2 ta, magistratura bosqichida 2 ta ta’lim yo‘nalishlari ochildi va bunga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 10-avgustga qadar davom etadi” – deb ta’kidlaydi, SamDChTI qabul komissiyasining mas’ul kotibi A.Yaxshiyev o‘z intervyusida.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

Share:
2019-07-31 16:00:00 93