“Kitob bayrami” tadbirlari boshlandi 

Institutimiz Axborot resurs markazi va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlari hamkorlikda ishtirok etishayotgan “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish –buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolotidir” shiori ostida o‘tkazilayotgan respublika “Kitob bayrami” tadbirlari nafaqat poytaxtda, balki bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida ham sayl-ko‘rgazma shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018 yil 1 may holatiga ko‘ra, 108 ta nashriyot, 1750 ta matbaa korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Respublika nashriyotlari tomonidan har yili 2 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 40 mln. nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilmoqda. Respublika “Kitob bayrami”da yurtimizda faoliyat yuritayotgan 100 dan ziyod nashriyot va matbaa korxonalari o‘z kitob mahsulotlari bilan faol ishtirok etishi kutilmoqda. Bayram kunlarida ishtirokchi nashriyotlar tomonidan so‘nggi yillarda chop etilgan 250 dan ziyod nomdagi yangi kitoblarining taqdimotlari, Xalq shoirlari va yozuvchilari, o‘nlab taniqli va yosh-iste’dodli adib va shoirlar hamda noshir va matbaachilar bilan muloqotlar bo‘lib o‘tadi. Sayl tarzida tashkil etilgan  “Kitob bayrami”da Samarqand aholisi va mehmonlari sohada faoliyat yuritayotgan etakchi nashriyotlar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma stendlarni tomosha qiladilar.
Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasining stendlari ham o‘ziga xos taqdim etilishi va mazmunan innovatsion g‘oyalarga boyligi, muayyan ma’noda ilmiy-o‘quv va tarjima adabiyotlari borasida yangiliklarni taqdim eta olishi bilan e’tiborni tortadi. 

Share:
2018-05-24 16:10:00 76