Joriy yilning 12-sentabr kunida Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Samarqand viloyati hamda shahar hokimligi rahbariyarti vakillari, SamDU rahbariyati vakillari, SamDCHTI rahbar xodimlari, shuningdek, talaba-yoshlari ishtirok etishdilar.

Tadbir davomida SamDU rektori so‘zga chiqib, Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud ekanligini ta’kidlab o‘tdi:

Abituriyentlar ingliz tilidan imtihon topshirgan yo‘nalishlar:
– Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyalari – Sian Jiaotong universiteti, Xitoy
– Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) – Shansi universiteti, Xitoy
– Maktabgacha ta’lim – Sunchunyan universiteti, Janubiy Koreya
– Amaliy matematika va informatika – Xolon texnologiya universiteti, Isroil

Abituriyentlar rus tilidan imtihon topshirgan yo‘nalishlar:
– Mexatronika va robototexnika – Stankin Moskva davlat texnologiyalari universiteti, Rossiya
– Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyalari – Stankin Moskva davlat texnologiyalari universiteti, Rossiya kabilar

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, professor O.G‘aybullayev jarayonni ommaga yetkazish maqsadida tashrif buyurgan viloyat televideniyasi muhbirlariga bergan intervyusida Xalqaro ta’lim dasturlari respublikamizning juda ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida joriy etilganligi va buning ta’lim tizimidagi juda katta o‘zgarish ekanligi hamda xorij oliygohlari bilan hamkorliklarimizning yanada jadal rivojlanayotganligidan dalolat berishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini ta’kidlab o‘tdi.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

Share:
2019-09-13 11:25:00 92