Samarqand davlat chet tillar institutiga Italiyaning Napoli shahridagi sharqshunoslik universitetida faoliyat ko‘rsatadigan professor-o‘qituvchi Tommaso Trivisani tashrif buyurdi. Tashrif davomida italiyalik mutaxassis hamda institut rektori I.Tuxtasinov, Roman-german tillari fakulteti dekani B.Primov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Napoli sharqshunoslik universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda konferensiya hamda ilmiy seminarlar, o‘quv seminarlari tashkil etish kabi maslalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.
SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






