2019-yil 16-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakultetlari rahbariyati xodimlari, xususan, fakultet dekanlari hamda dekan o‘rinbosarlari birgalikda talabalar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda ko‘pchilik talabalar hamda ularning ota-onalarini o‘yga solgan va tushunmovchilik keltirib chiqarayotgan (har xil ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar nazarda tutilmoqda) mavzulardan biri “Shartnoma to‘lovi”, “Stipendiya” mavzulari bo‘lib qolgan.
Aynan mazkur mavzular yuzasidan fakultetlar mas’ullari guruh sardorlari, shuningdek, fakultet talabalariga tushuntirish va tashviqot ishlari olib borishmoqda.
Fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari tomonidan institutning barcha 1-4 bosqich talabalariga shartnoma to'lovlari ikki bosqichda ya’ni “stipendiyali” va “stipendiyasiz” ko‘rinishda amalga oshirilish tartibi joriy etilganligi, bunda aholiga to‘lovlarni amalga oshirilishda yengillik yaratish maqsadida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida qo‘shimcha stipendiyalar tayinlash bo‘yicha bir qator yangiliklar kiritilganligi to‘g‘risida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mas’ul xodimlardan batafsil javob olishmoqda.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain







