Samarqand davlat chet tillar instituti va Germaniyaning Berlin shahridagi Humboldt Universiteti bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi bo‘yicha turli dasturlar amalga oshirilmoqda.
2019-yilning 9-sentabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Humboldt universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Germaniya oliygohlari talabalari ishtirokidagi delegatsiya tashrif buyurishganiligi hamda tashrif buyurgan mehmonlar institut rahbariyati xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazishib, Germaniya oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun navbatdagi “O‘zbek tili va madaniyati, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand” nomli yozgi kurs tashkil etilganligi to‘g‘risida oldingi xabarlarimizda sizlarga batafsil aytib o‘tgan edik.
Mazkur lavhalardan ko‘rishingiz mumkinki, germaniyalik talabalar hozirda dasr jarayonlarida ishtirok etishib, ular uchun tashkil etilgan yozgi kurslarni davom ettirishmoqda.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




