2019-yil 18-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida Zakovat intellektual o‘yinining fakultet bosqichi saralash turnirining dastlabki turlari boʻlib oʻtdi. Unda o‘zining yuqori intellektual salohiyatini munosib ko‘rsata olgan jamoalar yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, natijalarga koʻra birinchi oʻrinni “Sharq” jamoasi, ikkinchi oʻrinni “Urfon” jamoasi, uchunchi oʻrinni “Tarjimon” jamoalari egallashdilar. Endilikda Zakovat turnirlari muntazam davom etib boradi.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





