Oliy ta’lim tizimiga chet ellik mutaxasislarni jalb qilish ta’lim sifatini, talaba yoshlarning bilim salohiyatini oshirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Samarqand davlat chet tillar instituti muntazam ravishda o‘quv mashg‘ulotlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun xorijlik mutaxassislarni jalb qilib kelmoqda.
Joriy o‘quv yilida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan SamDCHTIda faoliyat olib borish uchun tavsiya etilgan ingliz tili mutaxassisi Vivianna Marcel Ingliz tili-II fakultetida o‘z pedagogik faoliyatini boshladi hamda talabalarga dars berish bilan bir qatorda institut professor-o‘qituvchilariga ham mahorat darslari tashkil qilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari yuqori saviyada, zamonaviy pedagogik va innovatsion usullardan foydalangan holda tashkil etilmoqda. Bir vaqtning o‘zida ham talaba va professor-o‘qituvchilarga turli yoshdagi va turli darajadagi tinglovchilar uchun xorijiy tillarni o‘qitish metodlari bo‘yicha seminar-treninglar ham tashkil etmoqda. Barcha mahorat darslari va seminar treninglari qiziqarli, savol-javoblarga boy hamda ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




