Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Britaniya kengashi hamda O‘zbekistondagi bo‘lg‘usi chet tili mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan 17 ta OTMlar bilan bakalavr yo‘nalishlarida bosqichma-boshqich yangi PRESETT o‘quv dasturi yaratilib, tadbiq etilib kelinmoqda.
Dastur zamonaviy talablar asosida ta’limni tashkil etish hamda bitiruvchi talabalarning chet tilini bilish darajalari va kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha ko‘nikmalarni baholashda yangicha yondashuvlarga asoslangan. Shu munosabat yuzasidan joriy o‘quv yilining 21-sentabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Buyuk Britaniyalik mustaqil ekspert Richart Vest va o‘zbekistonlik mutaxassislar tashrif buyurishdi.
Ushbu dastur tadbiq etilishining 5 yil bo‘lishi munosabati bilan uning natijalarini o‘rganish, yangi kiritilgan modullarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlarni aniqlab olish yuzasidan mutaxassislar hamda institut rahbariyati vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan so‘ng mutaxassislar institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o'rtasida davra suhbati o‘tkazishdi. Suhbat davomida PRESETT o‘quv dasturining maqsadi hamda mohiyati haqida batafsil ta'kidlab o‘tildi.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain









