Joriy yilning 30-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar bayrami” juda keng miqiyosida nishonlandi. Bayram tadbirida institutning barcha professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, ahamiyatlisi, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etishdi.
Bayram tadbiriga institut jamoasi, mehnat faxriylari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari taklif etildi. Avvalo, yurt madhiyasi barcha ishtirokida ijro etildi. Bayramni institutimiz rektori I.M.Tuxtasinov barcha ustoz va murabbiylarni tabriklash bilan ochib berdi.
Bayram tadbiri davomida rahbariyatimiz tomonidan barcha o‘qituvchi hamda murabbiylarga gullar va esdalik sovg‘alar ulashildi. Shuningdek, tadbir davomida institutimiz talabalari tomonidan jonli ijrodagi konsert dasturlari, sahna ko‘rinishlari uyushtirildi va qo‘shiq, raqs hamda ustozlarga atalgan to‘rtliklar madh etildi. Tadbir juda ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.
Bayram so‘ngida barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain













