17-oktabr kuni AQSHning O‘rta Osiyo bo‘yicha ingliz tilini o‘qitish dasturlari direktori John Silver, O‘rta Osiyo bo‘yicha ingliz tili dasturlari koordinatori Olga Paterova hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi U.Boltayevalar SamDCHTIga tashrif buyurdi.
Delegatsiya bilan tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda SamDCHTIda ingliz tilini o‘qitishni yanada rivojlantirish, xorijiy mutaxassislarni o‘quv hamda ilmiy-tadqiqot jarayoniga jalb qilish, AQSH oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikrlar almashinildi. Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya a’zolari SamDCHTIda Access English for STEM loyihasi bo‘yicha ingliz tilini o‘rganayotgan talabalar bilan uchrashdi. Talabalarning ingliz tilidagi chiqishlarini va dars jarayonlarini kuzatishdi.
Ma’lumki, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan SamDCHTIda nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi talabalar uchun ingliz tili kurslari Access English for STEM(Science, Technology, Engineering, Mathematics) loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihaning maqsadi tibbiyot, texnika, muhandislik, matematika, fizika, biologiya va boshqa yo‘nalishdarda ta’lim olayotgan talabalarning ingliz tilini bilish darajasini oshirishga qaratilgan.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain















