Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov o‘zi tahsil olgan ta’lim dargohi – Urgut tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Umumta’lim pedagogik jamoasiga ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish hamda dars jarayonlarini qiziqarli tarzda, zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Ingliz tili fanidan mahorat darslari tashkil etish bilan bir qatorda o‘quvchilarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlari, xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida e’tibor mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2019-10-30 14:20:00 88