O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ 3775-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari talabalarining 2019-2020 o‘quv yillaridagi pedagogik amaliyotlarini doimiy yashash hududlarida o‘tashlari tashkil etildi va pedagogik amaliyot o‘quv jarayonidan uzilgan holda sentabr-oktabr oylarida amalga oshirilib, bitiruvchi kurs talabalari o‘zlari biriktirilgan ta’lim muassasalarida amaliyotni o‘tadilar.
Ingliz tili-I fakultetida ham hozirgi kunda bitiruvchi talabalarning 48 kunlik pedagogik amaliyotlarining himoyasi bo‘lib o‘tmoqda. Himoya davomida talabalar o‘zlarining pedagogik amaliyot davomida yig‘gan hujjatlari va o‘rgangan bilimlari doirasida savol-javob o‘tkazilmoqda.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain









