Ochilish marosimi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan joriy yilda ilk marotaba oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Do‘stlik spartakiadasi”ning respublika bosqichi boshlandi.

Sportning “Valeybol” turi bo‘yicha bahslarga Samarqand davlat chet tillar hamda Samarqand davlat universitetlari mezbonlik qilmoqda.  

Dastlab musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazildi. Davlat madhiyasi yangrab, bayroq ko‘tarildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimkulov spartakiada ishtirokchilarini muborakbod etib, ularga omad tiladi. Shuningdek, mazkur sport bayrami ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini yanada birlashtirib, o‘zaro bilim va tajriba almashishlarida muhim o‘ringa egaligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, qur’a tashlanib, ishtirokchilar guruhlarga bo‘lindi. Ta’kidlash kerakki, spartakiada davomida ishtirokchilarning katta tayyorgarlik ko‘rganliklari yaqqol sezildi. Har bir bahs qizg‘in va murosasiz ruhda kechmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-11-16 18:45:00 102