Joriy yilning 5-dekabrida Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german tillari fakultetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining fakultet kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar jamoasi hamda QVZ hay’at a’zolari ishtirok etdilar. Tanlov davomida fakultetdagi mavjud ta'lim yo‘nalishlari talabalaridan iborat QVZ jamoalari o‘zlarining qiziqarli sahna ko‘rinishlarini ommaga mohirona tarzda namoyish etdilar.
“Quvnoqlar va zukkolar” fakultet kubogida faol ishtirok etgan, sahna ortida faol ravishda yordam bergan talabalar hamda bir nechta nominatsiyalar sohib va sohibalari esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan tanlov yakunida munosib taqdirlanishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain






