O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-noyabrdagi 14-14/1-2193-sonli “Xalqaro nogironlar kunini munosib o‘tkazish tog‘risida”gi majlis bayonida 3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan ta’lim muassasalarida joriy yilning 30-noyabridan 30-dekabriga qadar mehr-muruvvat oyligi tadbirlarini o‘tkazish belgilangan bo‘lib, Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 62-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatiga Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakulteti 207-guruh talabalari va guruh rahbari G.Boltaqulovalar joriy yilning 18-dekabr kunida tashrif buyurishdi.
Shuningdek, maktab-internatda tahsil oluvchi bolalar uchun institut talabalari tomonidan turli xil Yangi yili sovg‘alari ulashildi. Maktab-internat rahbariyati SamDCHTI rahbariyatiga qilgan homiyliklari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




