Samarqand davlat chet tillar instituti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi doktoranti Qo‘chqorova Sadoqat Toshpo‘latovna O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi 1-tanlovining stipendinati sifatida 2019-yil 15-noyabrdan 10-dekabrgacha Sorbonna Universiteti, Parij akademiyasi, O‘qituvchilarni tayyorlash va ta’lim milliy institutida stajirovkada bo‘lib qaytdi.
SamDCHTI professori Sh.S.Safarov rahbarligida “Fransuz va o‘zbek ertaklarida madaniy ramzlarning kommunikativ-pragmatik roli” mavzusidagi ilmiy ish ustida izlanish olib borayotgan doktorant Qo‘chqorova Sadoqat stajirovka davomida Parij akademiyasi, O‘qituvchilarni tayyorlash va ta’lim milliy instituti (INSPE), Sorbonna Universitetining filologiya fakulteti, Jorj Askoli va Pol Azar nomidagi huquq fakultetining Kyujas kutubxonalarida, Fransiyaning eng katta va boy kutubxonasi deya e’tirof etiladigan Fransiya Milliy Kutubxonasida (BnF) ilmiy adabiyotlar bilan ishladi, ilmiy ishi mavzusi yuzasidan darslarga qatnashdi va tadqiqotchi-o‘qituvchilar bilan uchrashib, fikr almashishga muvaffaq bo‘ldi.
Qo‘chqorova Sadoqatning fransuz tilini bilish darajasi yuqori ekanligi va maqsadini aniq qo‘yganligi, uning Parij OTMlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda olib borilgan ishlarining o‘ta yuqori saviyada va samarali bo‘lishini ta’minladi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





