Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Bugun,  31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Olimlar ko‘chasidagi ilmiy-tadqiqot institutlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi 4 ta muassasa – Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Mineral resurslar instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutlari negizida tashkil etiladigan Geologiya fanlari universitetiga tamal toshini qo‘ydi.

Mazkur muassasa ta’lim va ilm-fan klasteri shaklida bo‘ladi. 4 ta institutning moddiy-texnik bazasi va ilmiy kadrlar salohiyati birlashtirilib, eng ilg‘or uskunalar bilan jihozlanadi. Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti va boshqa nufuzli dargohlar bilan hamkorlikda ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Davlatimiz rahbari universitet qurilishiga oid loyihalar bilan tanishdi. O‘quv binolari va laboratoriyalarni chet el tajribasi hamda kasb spetsifikasidan kelib chiqib qurish, maydonlardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Share:
2020-01-31 20:30:00 87