Qaro ko‘zum, kel-u, mardumlig‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,
Itingga g‘amzada jon rishtasin rasin qilg’il.
Firoq tog‘ida topilsa tufrog‘im, ey charx,
Xamir etib, yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.
Yuzung visolig‘a yetsun, desang, ko‘ngullarni,
Sochingni boshtin- ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.
Alisher Navoiy
Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida g‘azal mulkining sultoni bo‘lmish Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi tantanali ravishda nishonlandi. Tadbirni institut o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori F.Ro‘ziqulov tabrik so‘zlari bilan ochib berdi va barchani Navoiy tavalludi munosabati bilan chin dildan tabrikladi.
Shuningdek, Roman-german tillari fakulteti dekani B.Primov, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda fakultet talabalari tadbir mehmoni bo‘lishdi. Jarayon davomida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar hamda Navoiy g‘azallaridan to‘rtliklar mohirona tarzda ijro etildi.
"Jurnalist-talaba" klubi a'zosi Nigina Ikromova xabari
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain








