Giyohvandlik bugungi kunda butun dunyo jamoatchiligini tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biridir. Shu bois mamlakatimizda unga qarshi kurashish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ushbu balodan asrash borasida keng ko‘lamli keskin chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, targ‘ibot-tushuntirish ishlari muntazam olib borilmoqda. 

Joriy yilning 10-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida giyohvandlikka qarshi kurashuvchi mutasaddi tashkilot vakillari institut talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida giyohvandlikning – umr zavoli ekanligi, uning yuzaga keltiradigan oqibatlarining salbiyligi, giyohvandlikning oldini olish uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar va mazkur illatga qarshi barcha birgalikda kurashishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.   

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot agentligi, viloyat narkologiya dispanseri, viloyat IIB xodimlari hamda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutasaddi vakillar ishtirok etgan mazkur uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-02-10 16:55:00 93