2020-yilning 14-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Boburning 537 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida tantanali katta tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov ochib berib, Zahiriddin Muhammad Boburning madaniyatimizga qo‘shgan hissasi, shoh ham shoir bo‘lgan Bobur umrining ko‘p vaqtini jang-u jadallarda Vatandan yiroqda yurt sog‘inchi azobida o‘tkazgan bo‘lsa-da, bebaxo meroslar qoldirishga ulgurganligi, haqqoniy tariximizni, o‘tmishimizni, ajdodlarimizni o‘rganishda tom ma’noda qalqon bo‘lganligi to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi.
Jarayon doirasida institut talabalari tomonidan tayyorlangan Bobur hayoti va ijodi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari, milliy raqs hamda qo‘shiqlar ijro etildi. Sahnada o‘z mahoratini ifodalay olgan va faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain













