Ma’lumki, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti hamda institut matbuot xizmati hamkorligida “Savol-javob” aksiyasi tashkil etilib (“Jurnalist-talaba” klubi a’zolari tashabbus ko‘rsatishgan), hazrat Alisher Navoiy tavallud ayyomi munosabati bilan fakultetda o‘tkazilgan edi.

Mazkur aksiya Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yillik munosabati bilan ham tashkil etildi. Unda talabalar doskada havola etilgan savollardan xohlaganini olib, 5 tasiga aniq va to‘g‘ri javob beradi va fakultet dekanati tomonidan sovg‘a sifatida tayyorlangan badiiy asarlar hamda o‘quv adabiyotlari bilan taqdirlanishadi.

2020-yilning 14-fevralida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida o‘kazilgan ushbu “Savol-javob” aksiyasi fakultet talabalarida juda katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, 20 dan ortiq talabalar aksiya g‘oliblari bo‘lib, kitoblar va badiiy asarlar bilan taqdirlanishdi.

Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishni lozim deb topdik, 2019-yilning noyabr oyida fakultetda radio tashkil etilgan bo‘lib, hozirda muntazam ravishda bo‘layotgan yangiliklar, xabarlar va e’lonlar o‘qib borilmoqda. Yana shuni ham e’lon sifatida aytib o‘tmoqchimizki, yaqin kunlarda ushbu fakultetda ham “Jurnalist-talaba” klubi faoliyatini boshlamoqchimiz.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-02-15 11:00:00 96